locale OZ

Voleybol. Buyuk ipak yo'li armiya va politsiya voleybol chempionatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Barcha voleybol ixlosmandlarini "Pahlavon" sport majmuasida kutamiz.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Buyuk ipak yo'li armiya va politsiya voleybol chempionatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi
photo: Voleybol Uzbekistan

Bugun Namangan shahrida Markaziy Osiyoning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan yigʻilgan eng kuchli 10 ta jamoalari ishtirokidagi “Buyuk Ipak yo‘li” Armiya va Politsiya voleybol chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sport sohasi va davlat idoralaridan qator mas’ullar qatnashdi. Namangan viloyati hokimi, Oliy Majlis senati aʼzosi Shavkatjon Shokirjonovich, Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi oʻrinbosari Jamshid Fayziyev, Namangan viloyati IIB boshlig‘i, viloyat voleybol federatsiyasi raisi Shuxrat Aliev, Qozog‘iston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Arman Kabesov, Tojikiston voleybol federatsiyasi vakillari, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi rahbariyati, shuningdek, musobaqaning xalqaro texnik delegati kabi bir qancha masʼullar ochilish marosimida qatnashib jamoalarga omad tilashdi.


Ochilish marosimida ishtirokchi jamoalar taqdimoti, badiiy chiqishlar hamda voleybol bo‘yicha ko‘rgazmali namoyishlar o‘tkazildi. Tadbir davomida mehmonlar uchun viloyatda voleybol bo‘yicha yaratilgan sharoitlar haqida ham ma’lumot berildi.

Mazkur chempionat mintaqa sporti hamkorligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va do‘stlik rishtalarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Musobaqa 22-28-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Barcha voleybol ixlosmandlarini "Pahlavon" sport majmuasida kutamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting