Voleybol. Buyuk ipak yo'li armiya va politsiya chempionati. Matonat jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi
Buyuk ipak yo'li armiya va politsiya chempionatining final bahsi o'tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
Markaziy Osiyo mamlakatlari jamoalarini birlashtirgan “Buyuk Ipak yo‘li Armiya va Politsiya voleybol chempionati” o‘z yakuniga yetdi.
Bugun bo‘lib o‘tgan Birinchi o‘rin uchun final bahsi nihoyatda murosasiz va yuqori tempda kechdi. Maydondagi har ikki jamoa kuchli tayyorgarlik va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni namoyon etdi.
Matonat 3:2 Humo
Matonat jamoasi yakuniy setlardagi ustun o‘yin orqali finalda zafar quchib, chempionatning mutloq g‘olibi bo‘ldi. Humo esa finalgacha yetib kelib, kuchli raqobat ko‘rsatgan jamoa sifatida kumush medallarga sazovor bo‘ldi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor