locale OZ

Voleybol. Buxoroda xalqaro voleybol musobaqalari qizg‘in pallaga kirdi

Musobaqalarga Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tashrif buyurib, o‘yin jarayonlarini shaxsan kuzatdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Buxoroda xalqaro voleybol musobaqalari qizg‘in pallaga kirdi
photo: Voleybol Uzbekistan

Buxoro shahridagi “UNIVERSAL” sport majmuasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng kuchli jamoalari ishtirokida o‘tayotgan “CAVA College University Volleyball Championship 2025” xalqaro musobaqalari qizg‘in pallaga kirdi.

Mazkur musobaqalarga Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tashrif buyurib, o‘yin jarayonlarini shaxsan kuzatdi. Tadbir davomida u sportchilar bilan muloqot qilib, musobaqa ishtirokchilariga omad va yuqori natijalar tiladi.

Qizg‘in bahslar, do‘stlik va sport ruhida kechayotgan mazkur xalqaro turnir yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, sport orqali mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekistonning sport salohiyatini namoyish etishga xizmat qilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting