locale OZ

Voleybol. Buxoroda voleybol sport turi bo‘yicha xalqaro darajadagi seminar tashkil etildi

Tadbirda xalqaro tajribaga ega mutaxassislar, murabbiylar hamda oliy ta’lim vakillari ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Buxoroda voleybol sport turi bo‘yicha xalqaro darajadagi seminar tashkil etildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Buxoro viloyatida voleybol sport turi rivojiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalqaro tajribaga ega mutaxassislar, murabbiylar hamda oliy ta’lim vakillari ishtirok etdi.

Mazkur seminar FIVB (Xalqaro voleybol federatsiyasi) instruktori Moro Branislav, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Nosirov Zokir Zokirovich, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Fayziyev Jamshid Shukurulloyevich hamda Buxoro viloyati sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, viloyatdagi voleybol murabbiylari hamda sport mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda voleybol sport turining o‘quv jarayoniga zamonaviy yondashuvlar, xalqaro standartlar asosida mashg‘ulotlar tashkil etish, sportchilarni tayyorlash sifati va metodikasini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, FIVB instruktorining tajriba asosidagi tavsiyalari bilan o‘rtoqlashildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting