locale OZ

Voleybol. Buxoro viloyatida voleybol bo‘yicha boshqarma kubogi o‘tkazildi

Musobaqa davomida ishtirokchi jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Buxoro viloyatida voleybol bo‘yicha boshqarma kubogi o‘tkazildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning quyi tizimlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Tadbir jamoalar o‘rtasida jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sport orqali jamoaviy hamjihatlikni yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi. Musobaqa davomida ishtirokchi jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — “Muborak” NGQCHB OFVB 21-QQ jamoasi
2-o‘rin — BNQIZ OFVB 17-QQ jamoasi
3-o‘rin — “Muborak” NGQCHB OFVB 20-QQ hamda “Gazli” NGQCHB OFVB 25-QQ jamoalari

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi. Bunday sport musobaqalari jamoalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash, xodimlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda voleybol sport turini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting