locale OZ

Voleybol. Buxoro davlat universiteti voleybol jamoalari

Mazkur yutuqlar Buxoro davlat universitetida sportni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda professional tayyorgarlik tizimi samarali yo‘lga qo‘yilganining yaqqol ifodasidir.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Buxoro davlat universiteti voleybol jamoalari
photo: Voleybol Uzbekistan

Buxoro davlat universitetining voleybol bo‘yicha o‘g‘il va qizlar jamoalari o'tgan yillar davomida xalqaro hamda respublika miqyosidagi nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar.

Xususan, xalqaro maydonda BuxDU jamoalari “CAVA U16 & U19 Championship” musobaqasida faxrli 2-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyo darajasida o‘z salohiyatini namoyon etdi. Shuningdek, “CAVA College University Championship” musobaqasida ham o‘g‘il bolalar, ham qizlar jamoalari chempionlikni qo‘lga kiritib, universitet sharafini munosib himoya qildilar. Bundan tashqari, “III Turkic Universiade” musobaqasida qizlar jamoasi 1-o‘rinni, yigitlar jamoasi esa 2-o‘rinni egalladi.

Respublika miqyosida ham jamoalar bir qator yuksak natijalarga erishdi. Jumladan, O‘zbekiston chempionati va kubok bahslarida qizlar jamoasi sovrindorlar qatoridan joy olib, U18 va U21 chempionatlarida hamda O‘zbekiston kubogida yuqori natijalarni qayd etdi. Yigitlar jamoasi esa U20 O‘zbekiston kubogida chempionlikni qo‘lga kiritib, mamlakat miqyosida yetakchi jamoalardan biri ekanligini yana bir bor isbotladi. Shu bilan birga, BuxDU jamoalari boshqa turli musobaqalarda ham faol ishtirok etib, bir qator yuqori natijalarni qo‘lga kiritganini alohida ta’kidlash lozim.

Mazkur yutuqlar Buxoro davlat universitetida sportni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda professional tayyorgarlik tizimi samarali yo‘lga qo‘yilganining yaqqol ifodasidir.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting