locale OZ

Voleybol bo‘yicha xalqaro toifadagi hakamlikka nomzodlar uchun mo‘ljallangan maxsus o‘quv kursining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

adbir mazmuni va tashkilotchilik darajasi bilan ishtirokchilar hamda mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol bo‘yicha xalqaro toifadagi hakamlikka nomzodlar uchun mo‘ljallangan maxsus o‘quv kursining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
photo: Voleybol Uzbekistan

Voleybol bo‘yicha xalqaro toifadagi hakamlikka nomzodlar uchun mo‘ljallangan maxsus o‘quv kursining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir mazmuni va tashkilotchilik darajasi bilan ishtirokchilar hamda mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ochilish davomida soʻzga chiqqan Federatsiya raisi oʻrinbosari Jamshid Fayziyev, bosh kotib Farhod Alimov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Samandar Badalov hamda Osiyo Voleybol Konfederatsiyasi (AVC) hakamlar kommiteti a’zosi Shahmiri Mohammed ishtirokchilarga boʻlgʻusi xalqaro hakamlarga omad tilashdi.

Mazkur nufuzli tashabbus doirasida AVC tomonidan hakamlar malakasini oshirishga qaratilgan sermazmun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Ushbu kursga 9 ta davlatdan 22 nafar tajribali va istiqbolli hakamlar tashrif buyurib, bilim va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Kurs davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydi:

Xalqaro voleybol qoidalarining so‘nggi yangilanishlari va ularning amaliy talqini.
Amaliy hakamlik bo‘yicha maxsus treninglar, o‘yin jarayonidagi murakkab holatlarni baholash metodikasi.
Tajribali instruktorlar, ekspertlar va FIVB darajasidagi mutaxassislar bilan bevosita muloqot va tajriba almashinuvi.
O‘yin boshqaruvi, kommunikatsiya, psixologik tayyorgarlik kabi zamonaviy hakamlik kompetensiyalarini mustahkamlash.

Ushbu o‘quv dasturi Markaziy Osiyoda voleybol sporti rivojiga katta hissa qo‘shishi, yangi avlod professional hakamlarining shakllanishiga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting