locale OZ

Voleybol. “Barkamol avlod – 2025” respublika final bosqichiga start berildi

Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida voleybol bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi Respublika final bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. “Barkamol avlod – 2025” respublika final bosqichiga start berildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida voleybol bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi Respublika final bosqichi tantanali ravishda boshlandi. O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 150 nafardan ortiq akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari ishtirok etmoqda.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan mutasaddilar yosh sportchilarga omad tilab, ushbu turnir voleybolni ommalashtirish va iqtidorli qizlarni saralashda muhim bosqich ekanini ta’kidladilar. Final bosqichi davomida jamoalar o‘z mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etadi.

O‘zbekiston voleybol federatsiyasi nomidan barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting