locale OZ

Voleybol. AVC Women’s Volleyball Cup – 2026 musobaqasiga start sanasi aniqlandi

Turnir voleybol muxlislari uchun qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarga boy bo‘lishi kutilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Voleybol. AVC Women’s Volleyball Cup – 2026 musobaqasiga start sanasi aniqlandi
photo: Voleybol Uzbekistan

Osiyo voleybol konfederatsiyasi taqvimiga muvofiq, AVC Women’s Volleyball Cup – 2026 musobaqasi 6–14-iyun kunlari Filippinning Kandon shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli turnir Osiyo qit’asining kuchli ayollar terma jamoalarini bir maydonda jamlab, yuqori darajadagi raqobat va boy xalqaro tajriba almashinuvini ta’minlaydi.

photo: Voleybol Uzbekistan

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi ham ushbu musobaqada ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish uchun bahslarda maydonga tushadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhidan joy oldi va quyidagi jamoalar bilan bahs olib boradi:
Filippin, Xitoy Taypeyi, Koreya, Qirg‘iziston va Avstraliya

Turnir voleybol muxlislari uchun qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting