Voleybol. Asaka tumanida Ichki ishlar kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi
10-oktyabr kuni, Andijon viloyati Asaka tumanida sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada tumandagi umumta’lim va sport maktablari jamoalari faol ishtirok etishdi. Bahslar davomida o‘quvchilar o‘z mahoratlari, jamoaviy ruh va g‘alabaga ishtiyoqni namoyish etishdi.
Yakuniy natijalar:
1-o‘rin — Asaka sport maktabi
2-o‘rin — 15-umumta’lim maktabi
3-o‘rin — 20-umumta’lim maktabi
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar Asaka tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari, medallar va kuboklar bilan taqdirlandilar.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, “Ichki ishlar kubogi” musobaqalari yurtimizning turli hududlarida izchil davom etmoqda. Bu kabi bellashuvlar yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.