locale OZ

Voleybol. Andijon viloyatida 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida musobaqasi o‘tkazildi

Musobaqa yuqori sport ruhida, murosasiz va qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tib, jamoalar final bosqichigacha kuchli raqobatni namoyish etdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol.  Andijon viloyatida 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida musobaqasi o‘tkazildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Andijon viloyatining umumta’lim maktablari o‘rtasida 9-sinf o‘g‘il-qizlari ishtirokida voleybol sport turi bo‘yicha “Andijon viloyati IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Mazkur turnir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlashga qaratilgan bo‘ldi.

Musobaqa yuqori sport ruhida, murosasiz va qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tib, jamoalar final bosqichigacha kuchli raqobatni namoyish etdilar. Har bir uchrashuv o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini yanada yaqqol ko‘rsatdi.

Bahslar yakuniga ko‘ra quyidagi o‘rinlar aniqlandi:

O'g'il bolalar:
1-o‘rin — Marhamat tumani terma jamoasi
2-o‘rin — Buloqboshi tumani terma jamoasi
3-o‘rin — Bo'ston tumani tumani terma jamoasi.

Qiz bolalar:
1-o‘rin — Marhamat tumani terma jamoasi
2-o‘rin — Oltinko'l tumani terma jamoasi
3-o‘rin — Xo'jaobod tumani tumani terma jamoasi

G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu musobaqa nafaqat voleybolni rivojlantirish, balki yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani kuchaytirishga xizmat qildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting