locale OZ

Voleybol. 2008–2010 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida “Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i kubogi, diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. 2008–2010 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida “Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
photo: Voleybol Uzbekistan

Qiziltepa tumanida joylashgan Arxitektura va qurilish texnikumi sport zalida voleybol bo‘yicha 2008–2010 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida “Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, voleybol sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda yoshlarni jismonan chiniqtirish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada Qiziltepa tumanidagi ta’lim muassasalari va sport jamoalari ishtirok etib, o‘yinlar yuqori saviyada, qizg‘in va murosasiz bahslar ostida o‘tdi. Yosh sportchilar o‘z mahoratlari, jamoaviy o‘yin uslubi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etishdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i kubogi, diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting