Vladimir Svechnikov Vengriyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston sportchisi xalqaro musobaqada 10 metrlik to‘pponchadan otish bo‘yicha g‘olib bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Budapesht (Vengriya) shahrida o‘tkazilayotgan o‘q otish bo‘yicha xalqaro musobaqada yurtdoshimiz Vladimir Svechnikov yuqori natija qayd etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Svechnikov saralash bosqichida 10 metrlik to‘pponchadan otish yo‘nalishida 588 ochko jamg‘ardi va eng yaxshi ko‘rsatkich bilan finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bosqichda ham ustunlikni boy bermay, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Vladimir Svechnikov (O‘zbekiston)
Atalla Alanazi (Saudiya Arabistoni)
Jonatan Guandji (Malayziya)
Bakradze Iman
Redaktor