locale OZ

Viktor Gustafsson - FIA Karting Kz bo'yicha Jahon chempioni

Le-Man shahrida KZ klassi bo‘yicha FIA Karting World Championship 2026 yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Viktor Gustafsson - FIA Karting Kz bo'yicha Jahon chempioni
photo: F1

Le-Man shahrida KZ klassi bo‘yicha FIA Karting World Championship 2026 yakunlandi.

Shvetsiyalik sportchi Viktor Gustafsson xalqaro kartingning asosiy toifalaridan birida yangi jahon chempioniga aylandi.

Final bosqichi mashhur “24 soat Le-Man” avtodromi yaqinida joylashgan, uzunligi 1400 metr bo‘lgan Le Mans Karting International Circuit trassasida bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda KZ, KZ2 va KZ2 Masters klasslarida 230 nafar poygachi ishtirok etdi.

Karting — xalqaro avtosportdagi eng muhim bosqichlardan biri. Aynan shu yo‘nalishda yosh poygachilar raqobat tajribasini orttiradi, pilotaj mahoratini rivojlantiradi va professional poyga seriyalariga yo‘lini boshlaydi.

UZMAMF uchun O‘zbekistonda kartingni rivojlantirish — mamlakat avtosporti kelajagini shakllantirishning muhim qismidir.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting