locale OZ

VIII Toshkent xalqaro marafoni start oldi

Mazkur musobaqada 15 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
VIII Toshkent xalqaro marafoni oʻtkazilmoqda
FOTO: Olympic.uz

Toshkent shahrida «VIII Toshkent xalqaro marafoni» boshlandi. Erta tongdan sportchilar va musobaqa mehmonlari «Humo arena» majmuasi oldidagi maydonda jam boʻlishdi.

Tadbirning ochilish marosimida qatnashgan rasmiylar musobaqa nufuzi va unga qiziqish yil sayin ortayotgani, bu orqali aholi orasida ommaviy sport rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlashdi.

Shundan soʻng marafon yoʻnalishidagi dastlabki bahslarga start berildi. 42 km, 195 metr masofaga kechgan bellashuvda Shohruh Davlatov gʻalaba qozondi.

  1. Shohruh Davlatov (Oʻzbekiston)
  2. Andrey Petrov (Oʻzbekiston)
  3. Vladislav Pryamov (Belarus)

Kun davomida ishtirokchilar 21 km, 10 km, 5 km masofalarda yugurishadi. Shuningdek, skandinavcha yurish, inklyuziv yoʻnalish va bolalar oʻrtasida ham bahslar tashkil etiladi.

Tashkiliy qoʻmitaning ma’lum qilishicha, mazkur musobaqalarda 50 dan ortiq mamlakatdan 15 000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting