locale OZ

VIII Toshkent xalqaro marafoni oʻtkazilmoqda

Mazkur musobaqalarda 50 dan ortiq mamlakatdan 15 000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
VIII Toshkent xalqaro marafoni oʻtkazilmoqda
Фото: Olympic.uz

Poytaxtimizda VIII Toshkent xalqaro marafoni boshlandi. Erta tongdan sportsevar yurtdoshlarimiz, musobaqa mehmonlari “Humo arena” majmuasi oldidagi maydonda jam boʻlishdi.

Tadbirning ochilish marosimida qatnashgan rasmiylar musobaqa nufuzi va unga qiziqish yil sayin ortayotgani, bu orqali yurtdoshlarimiz orasida ommaviy sport rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlashdi.

Shundan soʻng marafon yoʻnalishidagi dastlabki bahslarga start berildi. 42 km, 195 metr masofaga kechgan bellashuvda hamyurtimiz Shohruh Davlatov gʻalaba qozondi.

Shohruh Davlatov (Oʻzbekiston)
Andrey Petrov (Oʻzbekiston)
Vladislav Pryamov (Belarus)

Kun davomida ishtirokchilar 21 km, 10 km, 5 km masofalarda yugurishadi. Shuningdek, skandinavcha yurish, inklyuziv yoʻnalish va bolalar oʻrtasida ham bahslar tashkil etiladi.

Tashkiliy qoʻmitaning ma’lum qilishicha, mazkur musobaqalarda 50 dan ortiq mamlakatdan 15 000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting