VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladik
VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladik
31 avgust – 7 sentyabr kunlari Qirg‘iz Respublikasi mezbonlik qilgan VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.
Dunyoning 100 ga yaqin mamlakatidan kelgan 3 000 nafardan ziyod sportchi etnosportning 43 ta turi bo‘yicha bahs olib borgan mazkur kompleks musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham katta tarkibda ishtirok etdi.
Musobaqada mamlakatimiz vakillari 32 sport yo‘nalishida, jumladan, mas-restling, sambo, armrestling, kurash, belbog‘li kurash, bahodirlar o‘yini, uloq-ko‘pkari, bel olish va uchkurash, kamondan otish, ot sporti, sumo, aqliy o‘yinlar, O‘zbek jang san’ati kabi sport turlarida yurtimiz sharafini himoya qildi.

Yakunda O‘zbekiston sport delegatsiyasi 4 ta oltin, 4 ta kumush, 11 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqada sambochimiz Zufarbek Uralov kumush medalni qo‘lga kiritdi.