VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari: Oʻzbekiston sportchilari bir kunda 8 ta medalga ega chiqdi
VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari: Oʻzbekiston sportchilari bir kunda 8 ta medalga ega chiqdi
Qirgʻizistonda oʻtkazilayotgan VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining 3-sentyabr kungi dasturidan koʻk boʻri, ot ustida kurash, koʻkpar, sambo, qirgʻiz kurashi, kamondan otish, ot ustida kamondan otish, armrestling, arqon tortish va bahodirlar oʻyinlari kabi qator yoʻnalishlar oʻrin oldi.
Kun davomida kechgan murosasiz bahslarda Oʻzbekiston sportchilari yuqori mahorat koʻrsatib, 4 ta kumush va 4 ta bronza — jami 8 ta medalni terma jamoamiz hisobiga yozib qoʻydi.
Qirgʻiz kurashi boʻyicha bahslarda belbogʻli kurash boʻyicha milliy terma jamoamiz aʼzolari Jamoliddin Nematullayev (60 kg) va Xusanboy Abdulhakimov (84 kg) kumush, Sarvar Ikromov (+100 kg) esa bronza medalga sazovor boʻldi.
Gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Momindjanov ishtirok etdi.
Ot ustida kurashda Saydafzalxon Nematullayev va Azizbek Zokirjonov bronza, armrestlingda Firdavs Gafurov kumush va bronza, samboda esa Zufarbek Uralov kumush medal jamgʻardi.
Shu tariqa, vakillarimiz musobaqaning navbatdagi kunida munosib natija qayd etib, medallar jamgʻarmasini yanada boyitdilar.