locale OZ

VI Butunjahahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida dastlabki oltin medalni kurashchimiz Noʻmonjon Radjabov qoʻlga kiritdi

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida VI Butinjajon ko‘chmanchilar o‘yinlari doirasidagi kurash musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi va murosasiz bahslarga boy tarzda yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
VI Butunjahahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida dastlabki oltin medalni kurashchimiz Noʻmonjon Radjabov qoʻlga kiritdi
photo: Kurash Uzbekistan

VI Butunjahahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida dastlabki oltin medalni kurashchimiz Noʻmonjon Radjabov qoʻlga kiritdi

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida VI Butinjajon ko‘chmanchilar o‘yinlari doirasidagi kurash musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi va murosasiz bahslarga boy tarzda yakunlandi.

+90 kg vazn toifasida 22 mamlakat vakillari g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Hal qiluvchi final bahsida O‘zbekiston vakili Noʻmonjon Radjabov tajribali eronlik sportchi, kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining 19 karra g‘olibi Sadegh Azarab ustidan kichik ustunlik bilan g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlaridagi kurash bahslari dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan sportchilarni bir gilam atrofida jamlab, uning boy merosi, yuksak qadriyatlari va xalqaro ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Shuningdek, bugun Turkman kurashi boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda yana bir sportchimiz Ilyosbek Mirzahmatov ham bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Kurash turlari boʻyicha gʻolib va sovrindorlarga mukofotlarni topshirish marosimimida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Momindjanov ishtirok etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting