locale OZ

Vengriyada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining I bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Seged shahri an’anaviy tarzda yirik xalqaro musobaqalarga mezbonlik qiladigan markazlardan biri hisoblanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vengriyada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining I bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
photo: suv sporti

8–10-may kunlari Vengriyaning Seged shahrida, Maty-ér Olimpiya eshkak eshish va suv sport turlari markazida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining I bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Seged shahri an’anaviy tarzda yirik xalqaro musobaqalarga mezbonlik qiladigan markazlardan biri hisoblanadi. Joriy yilgi Jahon kubogi bosqichi esa alohida ahamiyat kasb etadi, chunki ushbu start baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yangi Olimpiya saralash tizimining muhim bosqichlaridan biri sanaladi. Aynan shu yerda Los-Anjeles Olimpiadasiga yo‘l boshlanadi. Shuningdek, 2027-yilda Seged shahri ushbu sport turi bo‘yicha jahon chempionatiga ham mezbonlik qiladi.

Bugun Vengriyada Jahon kubogining dastlabki bahslari rasman start oldi. Musobaqada dunyoning 64 davlatidan sportchilar ishtirok etmoqda. Nufuzli xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashib, yuksak natijalar hamda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish uchun bahslarga kirishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Shaxriyor Mahkamov
Yaroslav Slovogorodskiy
Oleksandr Zarubin
Shohruh A’zamov
Bekzod Murodov
Lochin Esonaliyev
Yekaterina Shubina
Milana Dushev-Yanich
Arina Tanatmisheva
Vladlen Denisov
Mirjalol Komilov
Artur Guliyev
Muhammadali Mirismanov
Shohsanam Sherzodova
Xonzoda Erkinova

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting