Velosport-shossechilar bugun 45 kmlik masofani bosib o’tishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Velosportning shosse turi bo’yicha O’zbekiston chempionati davom etmoqda.
Bugun Qarshi shahrida boʻlib oʻtayotgan sportning velosport-shosse turi bo‘yicha kichik o‘smirlar (o‘g‘il bolalar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining guruh poygasi bahslari o‘tkazildi. Musobaqa ishtirokchilari Qarshi aylanma yo‘lining A380 trassasi (G‘uzor yo‘li) bilan kesishmasi oralig‘idagi belgilangan 45kmlik masofani bosib o‘tishdi.

Bugungi natijalarga ko‘ra, Toshkent viloyati, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakillari peshqadamlikni qo‘ldan boy berishmadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor