Velosportning BMX turi bo'yicha O'zbekiston kubogi bahslari yakunlandi
10-11 noyabr kunlari bo'lib o'tgan turnirda g'olib va sovrindorlar aniqlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: velosport Uzbekistan
Velosportning BMX turi bo'yicha O'zbekiston kubogi bahslari yakunlandi.
Jizzax viloyati mezbonligida o'tgan BMX bo'yicha O'zbekiston kubogi bahslari o'z nihoyasiga yetdi. 10-11 noyabr kunlari bo'lib o'tgan turnirda g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Ma'lumot uchun ushbu musobaqada kattalar, yoshlar va o'smirlar hamda 2011-2012-yillarda tavallud topgan kichik yoshdagi sportchilar ishtirok etishdi.
E'tiborlisi, mezbon Jizzax viloyati jamoasi ko'pgina yo'nalishlarda yetakchilik qildi. Individual yo'nalishdagi "klassik" poygalarda Qoraqalpog'iston R, Samarqand, Xorazm viloyati vakillari ham shohsupadan joy olishdi. Shuningdek, jamoaviy yo'nalishda yuqorida nomi keltirilgan jamoalar birinchilikni qo'lga kiritishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor