locale OZ

Velosportchimiz Shahnoza Abdullayeva “Tour of Bostonliq” musobaqasida gʻalaba qozondi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosportchimiz Shahnoza Abdullayeva “Tour of Bostonliq” musobaqasida gʻalaba qozondi
FОТО: Olympic.uz

Toshkent viloyatida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha “Tour of Bostonliq” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi.

15 mamlakatdan 150 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan mazkur musobaqa Xalqaro velosipedchilar ittifoqining taqvim rejasidan oʻrin olgan boʻlib, unda sportchilar qimmatli reyting ochkolarini jamgʻarishga muvaffaq boʻldilar.

3 bosqichda tashkil etilgan poyga yakunida hamyurtimiz Shahnoza Abdullayeva ayollar oʻrtasida umumiy hisobda gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda esa boshqa bir yurtdoshimiz Nikita Svetkov kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Ayollar:
1. Shahnoza Abdullayeva (Oʻzbekiston)
2. Akpeil Ossim (Qozogʻiston)
3. Nesrin Xouli (Jazoir)

Erkaklar:
1. Josh Kench (Yangi Zelandiya)
2. Andreas Miltiadis (Kipr)
3. Nikita Svetkov (Oʻzbekiston)

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting