locale OZ

Velosport. Yanina Kuskova Tour of Thailand musobaqasida shohsupadan joy oldi

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Taylandda davom etayotgan "Tour of Thailand" musobaqasida o'z ishtirokini davom ettirmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport. Yanina Kuskova Tour of Thailand musobaqasida shohsupadan joy oldi
photo: velosport Uzbekistan

Velosport. Yanina Kuskova Tour of Thailand musobaqasida shohsupadan joy oldi.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Taylandda davom etayotgan "Tour of Thailand" musobaqasida o'z ishtirokini davom ettirmoqda.

Velosportning shosse yo'nalishida o'tayotgan 2-bosqich poygasida Yanina Kuskova faxrli ikkinchi o'rinni egalladi. 109.4 km masofada o'tgan poygada hamyurtimiz xitoylik Jin Chenhongdan so'ng marrani ikkinchi bo'lib bosib o'tdi. Kuchli uchlikni esa Vietnam terma jamoasi a'zosi Nguyen Thi yakunlab berdi.

Ma'lumot uchun, musobaqada hamyurtlarimiz Yanina Kuskova, Mohinabonu Elmurodova, Viktoriya Polzunova, Madina Qahhorova hamda Shahnoza Abdullayevalar vatanimiz sharafini himoya qilishmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting