Velosport. Xalqaro turnirdan xushxabarlar davom etmoqda
Velosport bo'yicha Qozog'istonda bo'lib o'tayotgan Xalqaro turnirdan xushxabarlar davom etmoqda.
Avvalroq xabar berganimizdek, qo'shni Qozog'istonda yoshlar o’rtasidagi xalqaro musobaqa davom etmoqda. Navbatdagi bosqichlarda ham yigitlar o’zlarini nimalarga qodir ekanliklarini ko’rsatishmoqda. 4-bosqich doirasida 94 km masofadagi poyga bo’lib o’tdi.
Unda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Shoislom Shoakmalov barchani ortda qoldirib 2:46:36 natija bilan oltin medalni jamoa hisobiga yozib qo’ydi. Mazkur poygada 4-o’rin Fazliddin Ergashevga nasib etdi.
5-bosqichda o’tkazilgan 90 km masofaga navbatdagi guruh poygasida yana Chingiz Cho’liyevga teng keladigani topilmadi. Hamyurtimiz 37:56:58 vaqt natijasi bilan oltin medalga ega chiqqan bo’lsa, Shoislom Shoakmalov 38:48:07 natija bilan uchinchi o’rinni egalladi.
Qo’lga kiritilayotgan natijalar bilan terma jamoamiz a’zolarini tabriklaymiz. Oldinda hali bizni murosasiz poygalar kutib turibdi.