locale OZ

Velosport. UCI reytingi yangilandi. O'zbekiston Ayollar jamoasi Osiyoda birinchi o'rinda

Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan veloshosse bo'yicha Osiyo chempionati O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport. UCI reytingi yangilandi. O'zbekiston Ayollar jamoasi Osiyoda birinchi o'rinda
photo: velosport Uzbekistan

Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan veloshosse bo'yicha Osiyo chempionati O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tdi.

Turnir yakunlangach, UCI jahon va Osiyo reytingini yangiladi. Unga ko'ra, O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyoda birinchi o'rinda qayd etildi, xalqaro reytingda esa qizlarimiz 22-o'rinda qayd etilgan. Shuningdek, Erkaklar terma jamoamiz Qozog'iston terma jamoasidan so'ng 930 ochko bilan qit'ada ikkinchi o'ringa ko'tarilgan. Xalqaro reytingda esa yigitlarimiz ikki pog'ona yuqorilab, 40-o'ringa joylashdi.

Bu natijani mamlakatimizda velosportni rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan tizimli islohotlar samarasi sifatida ko'rish mumkin. Ma'lumot o'rnida, Osiyoning 25 dan ortiq davlatidan 350 nafarga yaqin sportchi qatnashgan qit'a birinchiligida O'zbekiston delegatsiyasi munosib ishtirok etdi. Terma jamoamiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza — jami 5 ta medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting