locale OZ

Velosport. Tour of Antalya o'zbek sportchilari uchun omadli boshlandi

15-martga qadar davom etadigan musobaqa Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) taqvimiga kiritilgan bo'lib, unda reyting ochkolari taqdim etiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport. Tour of Antalya o'zbek sportchilari uchun omadli boshlandi
photo: velosport Uzbekistan

Turkiyaning Antalya shahri veloshosse bo'yicha "Tour of Antalya" xalqaro ko'pkunlik musobaqaga mezbonlik qilmoqda.

Bugun birinchi kungi dasturdan o'rin olgan poygada 🇺🇿O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Sergey Rostovtsev ikkinchi o'rinni egalladi. 145 km masofada o'tgan bellashuvda hamyurtimiz jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi. Xususan, sportchimizda masofa davomida 4 bor g'ildirak teshilishi kuzatildi. Shunga qaramay bor mahoratini ishga solgan Sergey yakunda faxrli ikkinchi natijani qayd etdi.

Ma'lumot o'rnida, Vladimir Starchik boshchiligidagi terma jamoamiz a'zolari turnirda quyidagi tarkib bilan ishtirok etishmoqda:
Sergey Rostovtsev, Murodjon Xolmurodov, Farruh Bobosherov, Nikita Svetkov, Dmitriy Bocharov va Diyor Toxirov.

Eslatib o'tamiz, 15-martga qadar davom etadigan musobaqa Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) taqvimiga kiritilgan bo'lib, unda reyting ochkolari taqdim etiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting