Velosport. TOUR OF ANTALYA bahslari davom etmoqda
Velosport bo'yicha TOUR OF ANTALYA bahslari davom etmoqda.
Avvalroq xabar berganimizdek, Turkiyaning Antalya shahri veloshosse bo'yicha "Tour of Antalya" xalqaro ko'pkunlik musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. Bugun terma jamoamiz a'zolari 32 km masofada o'tgan guruh poygasida ishtirok etishdi. Poyga yakuniga ko'ra sovrinli o'rinlar qo'lga kiritilmagan bo'lsada, yigitlar ancha yaxshi natijalarni ko'rsatib oldinda turgan muhim musobaqalarga tayyorlanishmoqda.
Eslatib o'tamiz, birinchi kungi dasturdan o'rin olgan poygada O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Sergey Rostovtsev ikkinchi o'rinni band etgan edi. Ma'lumot o'rnida, Vladimir Starchik boshchiligidagi terma jamoamiz a'zolari turnirda quyidagi tarkib bilan ishtirok etishmoqda:
Sergey Rostovtsev, Murodjon Xolmurodov, Farruh Bobosherov, Nikita Svetkov, Dmitriy Bocharov va Diyor Toxirov.