Velosport. Sportchilarimizdan O'zbeksiton Mustaqilligining 35 yilligiga munosib sovg'a
Velosport. Sportchilarimizdan O'zbeksiton Mustaqilligining 35 yilligiga munosib sovg'a
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari 28–30 avgust kunlari Tailandda bo‘lib o‘tayotgan trek velosporti bo‘yicha Osiyo kubogi bahslarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Musobaqaning ilk kunidayoq hamyurtlarimiz o‘zlarining yuksak salohiyatini namoyish etib, O‘zbekiston sporti uchun quvonchli natijalarni taqdim etishdi.
Ayollar o‘rtasidagi “Individual Pursuit” — yakka quvish poygasi dasturida Samira Ismoilova barcha raqibalarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Oradan ko‘p o‘tmay, erkaklar o‘rtasidagi “Scratch” dasturida O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Sergey Rostovtsev ham munosib tarzda shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. U 150 ochko jamg‘arib, musobaqa g‘olibiga aylandi va oltin medalni qo‘lga kiritdi!
🇺🇿 Ikki oltin medal — Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga munosib sport sovg‘asi!
Bugungi kunda yurtimizda velosportni rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish va xalqaro maydonda raqobatbardosh sportchilarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan sport, xususan, velosportga qaratilayotgan yuksak e’tibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Tailanddagi Osiyo kubogida qo‘lga kiritilayotgan ushbu g‘alabalar — ana shu e’tibor, mehnat va izchil islohotlarning yorqin natijasidir.
Samira Ismoilova va Sergey Rostovtsevni tarixiy g‘alabalari bilan muborakbod etamiz!