Velosport-shosse bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
2025 yil 25–29-avgust kunlari Farg‘ona viloyatida yoshlar (o‘g‘il bolalar) o‘rtasida velopoyga bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi.
Musobaqaning ochilish marosimi Farg‘ona tumanida o‘tkazilib, unda sport sohasiga mas’ul mutasaddilar, murabbiylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda mamlakatda sport turlarini, xususan, velosportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar ta’kidlab o‘tildi.
Chempionatda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 ga yaqin yosh velosportchilar qatnashmoqda. Bellashuvlar davomida sportchilar bir necha kun davomida turli masofalarda poygalarda ishtirok etib, eng kuchli jamoa va sportchilar aniqlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist