locale OZ

Velosport. Sergey Rostovtsev Asean track series musobaqasida oltin medalni qo'lga kiritdi

Erkaklar o'rtasidagi bahslarning birinchi kunida olimpiya o'yinlari yo'nalishlaridan biri bo'lgan "omnium" bo'yicha bellashuvlar o'z nihoyasiga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport. Sergey Rostovtsev Asean track series musobaqasida oltin medalni qo'lga kiritdi
photo: velosport Uzbekistan

Erkaklar o'rtasidagi bahslarning birinchi kunida olimpiya o'yinlari yo'nalishlaridan biri bo'lgan "omnium" bo'yicha bellashuvlar o'z nihoyasiga yetdi.

Quvonarlisi, terma jamoamizda o'z debyutini amalga oshirgan Sergey Rostovtsev barcha raqiblarini ortda qoldirdi va birinchi o'rinni egalladi.

Ushbu g'alaba orqali Sergey Rostovtsev yangi mavsumni o'zbek velosporti uchun ko'tarinki ruhda boshlab bermoqda.

Shu bilan birga, mazkur natija vakilimizning jahon chempionatida ishtirok etishi uchun muhim qadam bo'lib xizmat qiladi. Umuman aytganda, hamyurtlarimizning xalqaro turnirlardagi muvaffaqiyatli ishtiroki "Los-Anjeles-2028" yozgi olimpiya o'yinlari uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting