locale OZ

Velosport. Rasman. Olga Zabelinskaya professional sportchilik faoliyatini yakunladi

Shu munosabat bilan velosport federatsiyasida tadbir tashkil etildi. Unda federatsiya rahbariyati, murabbiylar va yosh sportchilar ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport. Rasman. Olga Zabelinskaya professional sportchilik faoliyatini yakunladi
photo: velosport Uzbekistan

O'zbekiston velosport milliy terma jamoasi a'zosi, ko'plab xalqaro turnirlar g'olibi, olimpiya o'yinlari sovrindori Olga Zabelinskaya professional sportchilik faoliyatini yakunladi.

Shu munosabat bilan velosport federatsiyasida tadbir tashkil etildi. Unda federatsiya rahbariyati, murabbiylar va yosh sportchilar ishtirok etdi.

Olga Zabelinskaya o'z faoliyatini esga olarkan, yosh sportchilarga o'rnak bo'ladigan jihatlarni sanab o'tdi. Shu o'rinda umidli sportchilarimiz ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga tajribali velopoygachidan javob olishdi.

Tadbir so'ngida, mutasaddilar sobiq sportchimizga qo'lga kiritilgan natijalar hamda terma jamoa bilan bosib o'tilgan yo'l uchun minnatdorlik bildirishdi. Ma'lumot uchun, Olga Zabelinskaya 2018-yildan boshlab O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting