Velosport. Qozog'istondagi xalqaro turnirda o'zbek sportchilari medallar qo'lga kiritishmoqda
Velosport bo'yicha Qozog'istondagi xalqaro turnirda o'zbek sportchilari medallar qo'lga kiritishmoqda.
Joriy yilning 1-15 avgust kunlari Qozog'istonda o'g'il bolalar o'rtasida an’anaviy "Shkolnik Kazaxstana” xalqaro turniri bo’lib o’tmoqda. Quvonarlisi, mazkur turnirda O’zbekiston terma jamoasi a’ozalari ham ishtirok etib, yuqori marralarni zabt etishmoqda.
Xususan, shosse yo’nalishida bo’lib o’tayotgan musobaqaning 2-bosqichida Ergashev Fazliddin ikkinchi o’rinni qo’lga kiritib shohsupadan joy olgandi. 94 km masofada o’tgan poygada Fazliddin 2:51:00 natija ko’rsatdi.
Shuningdek, 3-bosqich poygasi biz uchun omadli keldi. Terma jamoamizning bir yo’la 2 nafar velopoygachisi sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritdi. 90 km masofada o’tgan guruh poygasida Shoislom Shoakmalov 2:12:26 natija bilan uchinchi o’rinni band etdi.
E’tiborlisi, yana bir hamyurtimiz Chingiz Cho’liyev bu bellashuvda barchadan ustun kelib, 2:12:12 natija bilan birinchi o’rinni egalladi. Shu tariqa ilk bosqichlarda hamyurtlarimiz 3 ta medalni qo’lga kiritishdi.