Velosport. Professional faoliyatini yakunlagan Zabelinskaya hali-hamon barchani lol qoldirmoqda.
Saudiya Arabistonida davom etayotgan Osiyo chempionati doirasida Women Masters poygalari ham o'tkazilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: velosport Uzbekistan
Saudiya Arabistonida davom etayotgan Osiyo chempionati doirasida Women Masters poygalari ham o'tkazilmoqda.
Unda 45+ yoshdagi ishtirokchilar g'oliblik uchun kurash olib bormoqda. Quvonarlisi, professional faoliyatini yakunlagan va O'zbekiston ayollar terma jamoasiga ustozlik qilayotgan Olga Zabelinskaya mazkur poygalarda ishtirok etib, 2 ta oltin medalni o'z hisobiga yozib qo'ydi.
Avvaliga, Olga 46,8 km masofaga individual poygada 01:22:25 natija bilan barchani ortda qoldirdi. Keyinchalik, individual vaqt poygasida ham Zabelinskayaga teng keladigani topilmadi. Hamyurtimiz 15,8 km masofada o'tkazilgan bellashuvda 00:22:40 natija bilan yana bir oltin medalga ega chiqdi.
Ajoyib natija bilan Olga Zabelinskayani tabriklaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor