locale OZ

Velosport. Polshadagi xalqaro turnirda ikkita medal qo'lga kiritildi

Milliy terma jamaomiz a'zolari Nikita Svetkov hamda Sergey Rostovtsevlar navbatdagi nufuzli xalqaro musobaqani muvaffaqiyatli boshlab olishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport. Polshadagi xalqaro turnirda ikkita medal qo'lga kiritildi
photo: velosport Uzbekistan

Milliy terma jamaomiz a'zolari Nikita Svetkov hamda Sergey Rostovtsevlar navbatdagi nufuzli xalqaro musobaqani muvaffaqiyatli boshlab olishdi. Polsha davlatida o'tayotgan "LOTTO GRAND PRIX OF POLAND - 2036 CUP" turnirida ikkita medalni qo'lga kiritib ulgurdik.

Sergey Rostovtsev "scratch" dasturida kumush medalni qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz poyga davomida faqatgina musobaqa mezboni Filip Prokpishindan ozgina ortda qoldi. Bundan tashqari, juftlik bahslari hisoblangan "madison"da yigitlar jamoaviy harakat qilib, yakunda bronza medaliga ega chiqishdi. Bu bilan velopoygachilarimiz 29 ochkoni o'z hisoblariga yozib qo'ydi. Mazkur dasturda Polsha vakillari birinchi, Belgiya esa ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Shu tariqa, ikki kun davomida o'tkaziladigan musobaqani terma jamoamiz a'zolari ikkita medal bilan boshlab olishdi.

Qayd etish kerak, Class 2 toifasidagi poygalar biz uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting