Velosport. O'zbek sportchilari mazkur bosqichni 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan yakunlashdi
Turkiya davlati mezbonligida o'tgan "Tour of Antalya" ko'pkunlik musobaqasining yakuniy bosqichiga yakun yasaldi.
Quvonarlisi, O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari mazkur bosqichni 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan yakunlashdi. 142.5 km masofada o'tgan guruh poygasida Sergey Rostovtsev barchani ortda qoldirib finishga birinchi bo'lib yetib keldi va oltin medalga ega chiqdi.
Shu bilan birga, kuchli uchlikni yakunlab bergan Nikita Svetkov bronza medali bilan musobaqani yakunladi. Albatta, bunday natijanining ortida jamoaviy harakat, mehnat va g'alaba sari birgalikda intilish yotibdi. O'z navbatida yigitlar bilan ishlashda tinimsiz mehnat olib borayotgan murabbiylar shtabi xususan, Vladimir Starchikni ham qo'lga kiritilgan natija bilan tabriklaymiz.