locale OZ

Velosport. Osiyo velosport konfederatsiyasining yangi saylangan rahbariyati ishtirokida ACC Boshqaruv qo'mitasining yig'ilishi o'tkazildi

Yig'ilish Osama Al Shafarning vafoti munosabati bilan 1 daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport. Osiyo velosport konfederatsiyasining yangi saylangan rahbariyati ishtirokida ACC Boshqaruv qo'mitasining yig'ilishi o'tkazildi
photo: velosport Uzbekistan

Osiyo velosport konfederatsiyasining yangi saylangan rahbariyati ishtirokida ACC Boshqaruv qo'mitasining yig'ilishi o'tkazildi. Unda UCI prezidenti David Lapartient, Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Dato' Amarjit Singh hamda konfederatsiyaning bosh kotibi Kozim O'rinboyxo'jayev va qo'mita a'zolari ishtirok etishdi.

Yig'ilish Osiyo velosport konfederatsiyasining sobiq prezidenti (2017–2025) va UCI sobiq vitse-prezidenti (2021–2025) Osama Al Shafarning vafoti munosabati bilan 1 daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi.

Yig'ilish davomida UCI prezidenti va Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti tomonidan mintaqada mazkur sport turini rivojlantirish, xalqaro hamkorlik va ACCning strategik yo'nalishini mustahkamlash borasida ustuvor vazifalar bayon qilindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting