locale OZ

Velosport. Osiyo chempionati: sportchilarimiz para velotrek bahslarini ham peshqadam sifatida yakunlashdi

Filippinning Tageytey shahrida olti kun davom etgan para velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o'z nihoyasiga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo chempionati: sportchilarimiz para velotrek bahslarini ham peshqadam sifatida yakunlashdi
photo: velosport Uzbekistan

Filippinning Tageytey shahrida olti kun davom etgan para velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o'z nihoyasiga yetdi.

Qit'amizning 11 ta mamlakatidan jami 80 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etgan qit'a birinchiligida hamyurtlarimiz 12 ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza, jami 29 ta medallarni qo'lga kiritib, musobaqani umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunlashdi. Batafsil:

Oltin:
Ruxshona Yoqubboyeva (C3, git poygasi, chiqarib yuborish poygasi, sprint poygasi, skretch poygasi va vaqt poygasi)
Kamola Nurillayeva (C4, git poygasi, chiqarib yuborish poygasi, sprint poygasi, skretch poygasi va vaqt poygasi)
Azimbek Abdullayev (C5, skretch poygasi)
Jamoaviy sprint dasturida.

Kumush:
Nurdaulet Mirzabayev (C3, git poygasi, chiqarib yuborish poygasi, sprint poygasi, skretch poygasi va vaqt poygasi)
Javlonbek Abdullajonov (C2, chiqarib yuborish poygasi va sprint poygasi)
Abror Ibrayimov (C4, chiqarib yuborish poygasi va sprint poygasi)
Boymurod Yavqochev (C5, vaqt poygasi).

Bronza:
Abror Ibrayimov (C4, git poygasi, skretch poygasi va vaqt poygasi)
Azimbek Abdullayev (C5, chiqarib yuborish poygasi va vaqt poygasi)
Javlonbek Abdullajonov (C2, git poygasi, vaqt poygasi).

Ta'kidlash joiz, para velosport bo'yicha terma jamoamiz fevral oyida Saudiya Arabistoni mezblonlik qilgan para veloshosse bo'yicha Osiyo chempionatida ham eng yaxshi natijani qayd etgandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting