Velosport. Nafosat Koziyeva Ispaniya kubogida bronza medalini qo'lga kiritdi
Ayollar o'rtasida o'tgan 74,7 km masofada o'tgan poygada Nafosat 1:48:23 natija ko'rsatib, bronza medali bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: velosport Uzbekistan
Velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, ODL TEAM klubi vakili professional poygachimiz Nafosat Koziyeva Ispaniyada o'tgan "V TROFEO AYUNTAMIENTO DE SIERO" kubogida faxrli uchinchi o'rinni egallab, shohsupadan joy oldi.
Ayollar o'rtasida o'tgan 74,7 km masofada o'tgan poygada Nafosat 1:48:23 natija ko'rsatib, bronza medali bilan taqdirlandi.
E'tiborli jihati, Eurosport telekanalida Nafosat Koziyevaning Ispaniya kubogi poygasidagi natijasi haqida alohida so'z yuritilgani O'zbekiston sporti uchun quvonarli voqealardan biridir. Bu yurtimiz sportchilarining xalqaro maydonlarda tobora yuksak natijalarni qayd etib, O'zbekiston nomini dunyoga keng tanitayotganining yorqin ifodasidir.
Ibrohim Jalolov
Redaktor