locale OZ

Velosport. MOQ rahbariyati va Italiya velosport klubi ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi

Italiyadagi taniqli “VF Group–Bardiani–CSF–Faizanè” veloklubi asoschisi va bosh menejeri Bruno Reberber keldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport. MOQ rahbariyati va Italiya velosport klubi ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi
photo: MOQ

MOQ rahbariyati Italiyadagi taniqli “VF Group–Bardiani–CSF–Faizanè” veloklubi asoschisi va bosh menejeri Bruno Reberberini qabul qildi.

Muloqot chog‘ida tomonlar hamkorlik imkoniyatlari, O‘zbekistonda velosportni yangi bosqichga ko‘tarish istiqbollari hamda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalarini batafsil muhokama qildilar.

Uchrashuvda, shuningdek, mamlakatimizda velosportni izchil rivojlantirish va uning ommaviyligini yanada oshirish, sportchilar uchun zamonaviy tayyorgarlik sharoitlarini yaratish va raqobatbardosh velomaktabni shakllantirish muhim ekani alohida ta’kidlandi. Sportchilar va murabbiylar o‘z mahoratini muntazam oshirib borishi, tajriba almashishi, ayniqsa to‘rt yillikning eng yirik musobaqasi — Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlari hamda boshqa nufuzli turnirlarga tayyorgarlik jarayonida yangi bilim va ko‘nikmalar hosil qilishi zarurligi qayd etildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting