Velosport. Milliy jamoa qizlari Osiyo chempionatida kumush medallarni qo'lga kiritishdi
Saudiya Arabistonida o'tayotgan shosse bo'yicha Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirokni davom ettirmoqda.
Ayollar o'rtasidagi jamoaviy guruh poygasida terma jamoamiz a'zolari sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishdi va yakunda Nafosat Koziyeva 02:45:12 natija bilan marraga ikkinchi bo'lib yetib keldi. Yanina Kuskova esa kichik farq (02:45:13) bilan to'rtinchi o'rinni egalladi. Shuningdek, Shahnoza Abdullayeva 02:45:51 ko'rsatkich bilan o'n oltinchi, Madina Qahhorova 02:45:55 natija bilan yigirma oltinchi bo'lib poygani tugatdi.
Albatta, bu natijaga erishishda hamyurtimizga uning jamoadoshlari Yanina Kuskova, Shahnoza Abdullayeva hamda Madina Qahhorovalar yaqindan yordam berdi. Qo'lga kiritilgan natija bilan Olga Zabelinskaya va uning shogirdlarini tabriklaymiz.