Velosport. Ironman 2025 Jahon chempionatidagi debyut va shonli g'alaba
Gavayidagi dramatik musobaqada Solveyg Lovset (Norvegiya) masofani 8 soat, 28 daqiqa, 27 soniyada bosib o‘tib, 2025-yilgi Ironman jahon chempionatining shov-shuvli g‘olibiga aylandi
Uning poygasi ideal boshlangani yo‘q: suzishdan so‘ng Lovset 55:40 natija bilan bor-yo‘g‘i 14-o‘rinda edi, biroq velosipedda 4:31:53 ko‘rsatkichi bilan raqiblarga yetib olishga harakat qildi. Haqiqiy drama hali oldinda edi.
Favoritlar qatorida bo'lgan britaniyalik yulduz Lyusi Charlz-Barkli jazirama tufayli 15 km qolganida ishtrokini yakunlashga majbur bo'ldi.
Deyarli butun marafonda yetakchilik qilgan amerikalik Teylor Knibb atigi 3,5 km qolganida musobaqani tark etdi! Marra chizig'iga yetolmay charchoq va issiqlikdan asfaltga qulab tushdi.
Shu payt boshqa bir britaniyalik sportchi Ket Metyus marraga yetib keldi. Uning yugurishi rekord qayd etdi: 2:47:23, biroq g’alabaga atigi 35 soniya yetmadi.
Yakuniy podium quyidagicha ko'rinish oldi:
Oltin medal. Solveyg Lovset (Norvegiya) - 8:28:27
Kumush medal. Ket Metyus (Buyuk Britaniya) - 8:29:02
Bronza medal. Laura Filipp (Germaniya) - 8:37:28