locale OZ

Velosport bo'yicha O'zbekiston jamoasi Osiyo chempionatini medal bilan boshladi

Mazkur bellashuvda – Yekaterina Makarochkina, Gulhayo Sattorova, Roksana Hikmatova hamda Dilnurahon Mirzavaliyeva terma jamoamiz sharafini himoya qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport bo'yicha O'zbekiston jamoasi Osiyo chempionatini medal bilan boshladi
photo: velosport Uzbekistan

Velosport bo'yicha O'zbekiston jamoasi Osiyo chempionatini medal bilan boshladi.

Filippin davlatida start olgan trek bo’yicha Osiyo chempionati biz uchun medal bilan boshlandi. Yosh qizlar o’rtasida bo’lib o’tgan birinchi kungi dastur poygalarida terma jamoamiz bronza medalni qo’lga kiritdi. Qayd etish kerak, bu tarixiy medal. Sababi, bunga qadar O’zbekiston terma jamoasi Osiyo chermpionatlari doirasida jamoaviy yo’nalishda shohsupadan joy olmagan edi. Ma’lumot uchun, 4 km masofada o’tgan “Team Pursuit” dasturi texnik jihatdan ancha murakkab poygalardan biri hisoblanadi.

Mazkur bellashuvda – Yekaterina Makarochkina, Gulhayo Sattorova, Roksana Hikmatova hamda Dilnurahon Mirzavaliyeva terma jamoamiz sharafini himoya qildi. Ilk medal bilan qizlarni tabriklaymiz va oldinda turgan bahslarda ham omad tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting