locale OZ

Velosport bo'yicha O'zbek sportchilari Jahon chempionatida ikki oltin medalni qo'lga kiritishdi

AQShning Alabama shtati, Xantsvill shahrida 4–7-sentyabr kunlari para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport bo'yicha O'zbek sportchilari Jahon chempionatida ikki oltin medalni qo'lga kiritishdi
photo: velosport Uzbekistan


Velosport bo'yicha O'zbek sportchilari Jahon chempionatida ikki oltin medalni qo'lga kiritishdi.

AQShning Alabama shtati, Xantsvill shahrida 4–7-sentyabr kunlari para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Dilmurod Siddiqov hamda Renata Baymetova qo'l ostida harakat qilayotgan irodali velopoygachilarimiz bahslarni ko'tarinki ruhda boshlab olishdi. Musobaqaning ilk kunidayoq 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Pokiza Ahmadbekova H1 klassida, Marjona Pardaboyeva esa T1 klassida jahon chempioni bo‘ldi.

Bu g‘alabalar sportchilarimizning yuksak mahorati, kuchli irodasi va tinimsiz mehnati samarasi, albatta. Shu bilan birga, mamlakatimizda para sport va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sport bilan shug‘ullanishi va o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy natijasidir.

Ikki oltin medal. Ikki jahon chempioni. Bir bayroq — 🇺🇿O‘zbekiston!

Pokiza Ahmadbekova va Marjona Pardaboyevani ushbu ulkan g‘alaba bilan muborakbod etamiz. Yangi zafarlar muborak bo‘lsin!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting