Velosport. \"BIWASE CUP CRITERIUM VIETNAM\" turnirida o'zbek sportchilari birinchi o'rinni qo'lga kiritdi
50 km masofaga kriterium (guruh poygasi) dasturida Kuskova har bir finishni o'z foydasiga hal qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: velosport Uzbekistan
Velosport bo'yicha "BIWASE CUP CRITERIUM VIETNAM" turnirida o'zbek sportchilari birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Vetnamda bo'lib o'tayotgan shosse bo'yicha "BIWASE Tour of Vietnam" musobaqasidan yana bir xushxabar. O'zbekiston ayollar terma jamoasi a'zosi Yanina Kuskova bugungi poygada tengsiz ekanligini isbotladi. 50 km masofaga kriterium (guruh poygasi) dasturida Kuskova har bir finishni o'z foydasiga hal qildi. Asosiy 10-aylanadagi finishda ham Yanina katta ustunlik bilan marraga birinchi bo'lib yetib keldi.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha hamyurtimiz 110 km masofada o'tgan Women Elite poygasida uchinchi o'rinni band etgan edi. Ma'lumot uchun, ushbu xalqaro turnirdagi sovrinli o'rinlar velopoygachilarga qimmatli UCI ochkolarini keltiradi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor