Velosport. BEIJING UCI II EVENT xalqaro turniri o'z nihoyasiga yetdi
Xitoyda o'tgan “BEIJING UCI II EVENT” xalqaro turniri o'z nihoyasiga yetdi.
Joriy yilning 12-14-mart kunlari Xitoy davlatida velosportning trek yo’nalishi bo’yicha “Beijing UCI II Event” xalqaro musobaqasi bo’lib o’tdi.
Unda O’zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar a’zosi Samira Ismoilova hamda Asal Rizayevalar qimmatli reyting ochkolari uchun kurash olib bordi. Qizlarimiz "Elimination", "Madison", "Point race" dasturlarida ishtirok etib, deyarli barcha poygalarda kuchli 10 likka kirishdi.
Bu orqali Xalqaro velosipedchilar ittifoqi - UCI tomonidan qimmatli reyting ochkolariga ega bo'ldik. Xususan, "Medison" dasturida 420 ochko, "Omnium"da esa 545 ochko bilan musobaqani yakunladik. Olga Zabelinskaya qo’l ostida musobaqalarni davom ettirayotgan vakillarimiz yaqinlashib kelayotgan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.