Velosport. AQSHda \"Tour of the Gila 2025\" turniri qizgʻin davom etyapti
Ma'lum qilganimizdek, ayni kunlarda koʻpchilikni e'tibor markazida boʻlib turgan, Amerika qoʻshma shtatlarida oʻtkazilayotgan nufuzli "Tour of the Gila 2025" turniri qizgʻin holda davom etyapti va navbatdagi 3 - bosqichi yakunlandi.
Bizni xushnud etayotgan tarafi; aynan ushbu UCI xalqaro reytingga ega boʻlgan musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a'zosi - Nafosat Kozieva "PATOBIKE BMC TEAM" jamoasi nomidan faol ishtirok etib kelyapti. Avvalgi bosqichlarda ham kuchlilar ichida oʻzini yoʻqotib qoʻymagan sportchimiz navbatdagi bosqichda ham oʻzini koʻrsata oldi.

Gap shundaki, mazkur bosqich togʻning balandlik nuqtasida, noqulay holatda boʻlishiga qaramay, kuchli raqobat kurashdan - eng yaxshilar qatoridan joy egalladi. Nafosat Kozieva - bu 3 - bosqichda ham yana 20 talikka kira oldi hamda Oʻzbekistonga kerakli ochkolar ulashmoqda.
Binobarin, ushbu turnir davom etadi va oldinda navbatdagi bosqichlari kutib turibdi. Vatandoshimizga kelgusidagi ishtiroklariga omad tilaymiz!