locale OZ

Velosport. 3-bosqich poygalari ham o'z nihoyasiga yetdi

Tailandda velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha "Women's Tour of Thailand" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Velosport. 3-bosqich poygalari ham o'z nihoyasiga yetdi
photo: velosport Uzbekistan

Avvalroq xabar berganimizdek, Tailandda velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha "Women's Tour of Thailand" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Turnirning 3-bosqich poygalari ham o'z nihoyasiga yetdi. 81.9 km masofada bo'lib o'tgan murakkab poygada O'zbekiston ayollar terma jamoasi munosib ishtirok etdi.

Shaxsiy yakkalik poygada Yanina Kuskova marraga 7-bo'lib yetib keldi va umumiy 3 ta bosqich natijalariga ko'ra, 100 ga yaqin kuchli sportchilar orasida 6-o'rinni egalladi. Shu bilan birga, Madina Qahhorova, Shahnoza Abdullayeva, Viktoriya Polzunova hamda Mohinabonu Elmurodovalar terma jamoamiz sharafini himoya qilishdi.

Qayd etish kerak, 3-bosqich poygasi davomida hamyurtimiz Shahnoza Abdullayeva kichik jarohat oldi. Shunday bo'lsa ham irodali poygachimiz bahsni davom ettirib, finishga qadar yetib keldi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting