locale OZ

Veloshosse bo’yicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan hamyurtlarimiz Toshkentga qaytdi

Saudiya Arabistoni mezbonligida o’tgan musobaqada Yoshlar, U23 toifasi hamda kattalar o’rtasida bahslar o’tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Veloshosse bo’yicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan hamyurtlarimiz Toshkentga qaytdi
photo: velosport Uzbekistan

Veloshosse bo’yicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan hamyurtlarimiz Toshkentga qaytdi.

Saudiya Arabistoni mezbonligida o’tgan musobaqada Yoshlar, U23 toifasi hamda kattalar o’rtasida bahslar o’tkazildi. Qit’amizning 25 dan ziyod mamlakatidan 350 nafar sportchi qatnashgan turnirda O’zbekiston milliy terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza jami 5 ta medalga ega chiqib, umumjamoa hisobida kuchli uchlikka kirdi.

Yuqori natijalarni qo’lga kiritgan sportchilarimizni Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda O’zbekiston velosport federatsiyasi mutasaddilari, keng sport jamoatchiligi hamda OAV vakillari kutib olishdi. Tadbir davomida Osiyo chempionatida g’olib va sovrindor bo’lgan sportchilarni O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy Lyudmila Markelova chin dildan tabriklab, kelasi musobaqalarga ham omad tiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting