Valeriya Gorbatova — yopiq inshootda Osiyo chempioni
Xitoyning Tianjin shahrida bo‘lib o‘tayotgan yopiq inshootda kattalar o‘rtasida Osiyo Chempionatida ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash bahslarining final bosqichi yakuniga yetdi.
Ushbu musobaqada ikki nafar O‘zbekiston vakillari — Barnoxon Sayfullayeva va Valeriya Gorbatova g‘oliblik uchun balandlikni zabt etishga kirishdi. Quvonarlisi, bu turda ham yurtimiz atletlari Osiyoda tengsiz ekanliklarini isbotladi. Valeriya Gorbatova 1.87 metr natija bilan birinchi o‘rinni egalladi va oltin medalga ega chiqdi.
Valeriya Gorbatova bilan bir xil natijani qayd etgan hindistonlik Puja avvalgi balandliklarda urinishlar sifati bo‘yicha Valeriyadan ortda qolib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu turda dunyoda yetakchi sportchilardan biri bo‘lgan Barnoxon Sayfullayevaga biroz omad yetishmadi. U musobaqani 1.84 natija bilan yakunladi.
Valeriya Gorbatova 1.87 metr natija bilan shaxsiy eng yaxshi natijasini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.